Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi ma’lumotiga köra, yangi tartib tölovlarni raqamlaştiriş, şaffoflikni oşiriş va qarzdorlikni qisqartirişga qaratilgan. Endilikda tölovlar:
- Toza makon billing tizimi orqali;
- elektron tölov tizimlari orqali;
- interneti yöq, olis hududlar uçun — tijorat banklari kassalari va “Özbekiston poçtasi” AJ bölimlari orqali (istisno tartibida) amalga oşiriladi.
Ma’lumot uçun, 2025 yil 7 martdagi 1044-son qonunga muvofiq, çiqindilar xizmati böyiça majburiy tölov qarzdorligi bor iste’molçilar SMS orqali ogohlantirilgandan keyin qarz bartaraf etilmagunça, elektr energiyasi uçun tölovlarni qabul qiliş vaqtinça çeklanadi.
Agentlik fuqarolardan şaxsiy hisob-ma’lumotlarini Toza makon orqali tekşirib turiş va rasmiy kanallardagi e’lonlarni kuzatişni söradi.

















