Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti Kiyevga yordamni kengaytirish shartlarini aytdi
Foto: Getty Images
Janubiy Koreya tinch aholiga keng ko‘lamli hujum sodir bo‘ladigan bo‘lsa, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni humanitar va iqtisodiy yordamdan tashqari kengaytirishi mumkin, dedi prezident Yun Sok Yol Reuters agentligiga bergan intervyusida.
«Agar xalqaro hamjamiyat qabul qila olmaydigan vaziyat yuzaga kelsa, masalan, tinch aholiga keng ko‘lamli hujum, qirg‘in yoki urush qonunlarining jiddiy buzilishi kuzatilsa, biz uchun faqat humanitar yoki moliyaviy yordam berish masalasi og‘irlashishi mumkin», - dedi Yun.
Reuters agentligi qayd etishicha, bu Janubiy Koreya rahbarining Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlash masalasi bo‘yicha munosabati o‘zgarishidan darak beradi.
Avvalroq «yettilik guruhi» davlatlari Yaponiyaning Karuizava shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Rossiya va Xitoy agressiv harakatlariga qarshi aniq pozitsiyasini e’lon qilgandi.
G7 tashqi ishlar vazirlari tomonidan 18 aprel kuni qabul qilingan yakuniy bayonotga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar buning uchun «yuqori narx» to‘laydi.
Uchrashuv ishtirokchilari «Rossiyaga uchinchi davlatlar tomonidan qurol yetkazib berilishi oldini olish bo‘yicha muvofiqlashtirishni kuchaytirishga» va’da berdi.
Mavzuga oid
19:52 / 21.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri Xan Dok Su isyon ishi bo‘yicha 23 yilga qamaldi
09:25 / 21.01.2026
Zelenskiy: Kiyevda bir milliondan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
13:42 / 16.01.2026