14:20 / 25.04.2023
9264

London aprelda Rossiya yo‘qotishlari 30 foizga qisqarishini ma’lum qildi

Foto: Reuters

Ukrainadagi urush bo‘yicha vaziyatning yangi sharhida Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Rossiya kuchlarining yo‘qotishlari sezilarli darajada kamayganiga ishora qilmoqda

Aprel oyida bu ko‘rsatkichlar rossiyaliklarning yanvar-mart oylarida o‘ta og‘ir yo‘qotishlardan keyin taxminan 30 foizga kamayishi kutilmoqda, deb yozadi Britaniya agentligi Twitter’da Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga tayanib. 

Mart oyida Rossiya kuchlari kuniga o‘rtacha 776 kishini yo‘qotdi, aprelda - 568 kishi, deyiladi ma’lumotda. 

Shu bilan birga, Britaniya razvedkasi ukrainaliklar tomonidan ushbu ko‘rsatkichlarni hisoblashning aniq metodologiyasini tekshira olmasligini ta’kidladi, biroq uning ekspertlari fikricha, umumiy tendensiya to‘g‘ri hisoblangan bo‘lishi ehtimolga yaqin. 

«Qishki hujum bo‘yicha urinishda o‘z maqsadlariga erisha olmagani uchun Rossiyaning qurbonlari kamaygan bo‘lishi mumkin va Rossiya kuchlari hozirda Ukrainaning kutilayotgan qarshi hujumiga tayyorgarlik ko‘rishga bor e’tiborini qaratgan», deya xulosa qilgan London.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top