“Dunyo” AA xabar qilişiça, birinçi reys munosabati bilan Gatvik xalqaro aeroportida rasmiy tadbir ötkazildi. Unda Buyuk Britaniya fuqaro aviatsiyasi ma’muriyati, aeroport ma’muriyati, Qanot Sharq rahbariyati hamda mahalliy OAV vakillari iştirok etdi.
Qayd etilişiça, elçixona taşabbusi bilan Buyuk Britaniyadan Özbekistonga sayyohlarni jalb etiş, şuningdek, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirişga qaratilgan tadbirlar izçil amalga oşirilmoqda. Xususan, Qanot Sharq'ning Buyuk Britaniyaga muntazam qatnovlarni yölga qöyişi uçun Birlaşgan Qirollik fuqaro aviatsiyasi ma’muriyatining tegişli ruxsatnomalarini olişda amaliy kömak körsatilgan.
Ma’lum bölişiça, Qanot Sharq haftasiga ikki marta — duşanba va payşanba kunlari “Toşkent – London – Toşkent” yönalişida parvozlarni amalga oşiradi. Uşbu reyslar Uzbekistan Airways AJ tomonidan mazkur yönalişda haftasiga uç marta — seşanba, juma va yakşanba kunlari bajarilayotgan qatnovlarga qöşimça bölib, natijada umumiy reyslar soni haftasiga 5 taga yetgan.
Şuningdek, joriy yilning yanvar–noyabr oylarida Buyuk Britaniyadan Özbekistonga taşrif buyurgan sayyohlar soni 25 mingdan oşgan, bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 23 foizga kötarilgani bildirildi.












