10:12 / 26.04.2023
3813

O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Bugun, 26 apreldan boshlab Uzbekistan Airways O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.

Toshkent-Jakarta-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chorshanba kunlari Boeing 787 Dreamliner samolyotlarida amalga oshiriladi:

HY-541 Toshkent 09:00 - Jakarta 19:30;
HY-542 Jakarta 21:00 - Toshkent 03:30 (payshanba).

Jakartadan Indoneziyaning Bali oroliga qulay tutashuv reyslari mavjud.

Top