07:33 / 26.04.2023
13865

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi 2 ta chegara posti faoliyati tiklanishi mumkin

Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari Annageldi Yazmuradov boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi davomida suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘zbek-turkman hukumatlararo qo‘shma komissiyasining uchinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: yuz.uz

Qo‘shma komissiya yig‘ilishida Turkmaniston hududida joylashgan O‘zbekiston suv xo‘jaligi obektlariga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar uchun “vaxta” rejimini bekor qilish hamda “Tallimarjon-Tallymerdjyen” va “Drujba-Gazodjak” chegara postlari faoliyatini qayta tiklash, Amudaryo suv resurslarini birgalikda boshqarish tizimini va ma’lumotlar almashinuvini avtomatlashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Amudaryo qirg‘oqlarini mustahkamlash va o‘zanlarini to‘g‘rilash orqali suv yo‘qotilishini kamaytirish hamda suvning to‘siqsiz o‘tish choralarini ko‘rish, “Tuyamo‘yin gidrouzeli Sultonsanjar to‘g‘onida suv filtratsiyasiga qarshi devor qurish” hamda “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital qayta tiklash” (Faza-3) loyihalari doirasida jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarga Turkmaniston hududiga kirish vizalari berish ko‘rib chiqildi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan bayonnoma imzolandi.

Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini 2024 yilda Turkmanistonning Turkmanobod shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.

Mavzuga oid
Top