22:39 / 01.05.2023
23681

Nepallik fuqarolarni 124 ming dollarga chuv tushirgan ayol ushlandi 

Buxorolik ayol Nepal fuqarolarini Yevropaga jo‘natishga va’da berib, katta miqdordagi mablag‘ini o‘zlashtirgan. 

Foto: Getty Images

Buxoro shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan ayol bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, oldindan tuzilgan reja asosida Nepal davlatining 42 nafar fuqarosini O‘zbekistonga chaqirib, ularga viza olib berish va Yevropa davlatlariga jo‘natish va’dasini bergan. 

Buxoro viloyati IIB xabariga ko‘ra, ayol ulardan 124,5 ming dollar mablag‘ni aldov yo‘li bilan olgan. Va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. 

Holat yuzasidan ayol boshchiligidagi jinoiy guruhga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Top