18:43 / 06.05.2023
9049

Prilepinga suiqasd qilishda gumonlanuvchi qo‘lga olindi

30 yoshli gumonlanuvchi avval sudlangani aytilmoqda.

Foto: TASS

Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatida sobiq yozuvchi Zaxar Prilepin hayotiga suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi. Qo‘lga olingan shaxs 1993 yilda tug‘ilgani va avval sudlangani aytilmoqda.

6 may kuni Nijniy Novgorod viloyatining Bor shahri yaqinida Prilepin joylashgan mashina portlatib yuborildi. Uning haydovchisi halok bo‘ldi. Prilepinning o‘zi go‘yo tirik qolgan, ammo og‘ir yaralangan - ikkala oyog‘i singan. Mashinada qo‘lbola portlovchi qurilma bo‘lgani va masofadan turib portlatilgani taxmin qilinmoqda.

Prilepin sobiq yozuvchi, 2014 yildan beri Vladimir Putinning harakatlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Qrim anneksiya qilinganidan so‘ng u zamonaviy Rossiya hukumatiga munosabatini qayta ko‘rib chiqqanini va unga nisbatan «shaxsiy sulh» e’lon qilganini aytdi. Ikki yildan so‘ng Ukrainaga qarshi jangga otlandi va o‘z ta’biri bilan aytganda, «ko‘plab odamlarni o‘ldirgan jangovar bo‘linmani boshqargan». U urushda ikki yil o‘tkazdi va 2023 yil yanvar oyida Milliy gvardiya qo‘shinlari Federal xizmati bilan shartnoma imzolab, qaytib kelgan edi.

Top