Nijniy Novgorod yaqinidagi Pionerskoye qişloği yonida kremlparast yozuvçi Zaxar Prilepinning Audi Q7 avtomobili portlab ketdi, deb xabar bermoqda 6 may, şanba kuni Telegram’dagi bir qança rus tilidagi kanallar, jumladan, «112» va Mash. Portlaş natijasida Prilepin yaralandi, uning haydovçisi halok böldi, deb xabar qildi RIA «Novosti».
Ayni paytda yozuvçining matbuot xizmati u bilan «hammasi joyida»ligini aytdi. «Nima sodir bölganligi hozirça aniqlanmagan. Zaxar Prilepin yaxşi», - deya Prilepin matbuot kotibining sözlaridan iqtibos keltirgan TASS axborot agentligi. «Nijniy Novgorodda yozuvçi Zaxar Prilepinning maşinasi portlatilgan. U omon qolgan, ammo yaralangan, huşi joyida», - deya favqulodda xizmatlardagi suhbatdoşidan iqtibos keltirgan agentlik. Dastlabki ma’lumotlarga köra, avtomobil tagiga portlovçi moslama örnatilgan.

Avvalroq «VÇK-OGPU» Telegram-kanali yozuvçi jiddiy jarohat olgani haqida xabar bergan edi.
RBK gazetasi manbasiga köra, Prilepin Donbassga taşrifidan söng Moskvaga qaytayotgan bölgan. U çegara hududidagi nazorat-ötkaziş punktini kesib ötgan. Yölda Prilepin Nijniy Novgorod viloyatida ovqatlaniş uçun töxtab ötgan. Naşrning ta’kidlaşiça, u maşinaga qaytib kelganidan keyin portlaş sodir bölgan.
Ma’lum qilinişiça, Nijniy Novgorodda Zaxar Prilepin maşinasi portlagandan söng, hozirda nazorat-ötkaziş punktlari örnatilmoqda.
Baza Telegram-kanali xabariga köra, Prilepinning qizi portlaşdan bir neça daqiqa oldin maşinadan tuşgan. Portlaş vaqtida u maşinadan yuz metr narida bölgan.


















