11:22 / 10.05.2023
19277

Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Viloyat SSBning avvalgi boshlig‘i To‘raqul Arziqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ulug‘bek Abdufattohovich Abdug‘aniyev Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulug‘bek Abdug‘aniyev 2008 yil Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlab, mehnat faoliyatini Bekobod tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida jarroh-shifokor sifatida boshlagan.

Keyinchalik Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining kattalar qabul bo‘limi va jarrohlik bo‘limi jarrohi, Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi xirurgiya bo‘limi shifokori, Bekobod tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i hamda Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari kabi vazifalarda xizmat qilgan.

39 yoshli U. Abdug‘aniyev tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatida shu’ba bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Toshkent viloyati SSBga 2018 yil yanvaridan buyon To‘raqul Arziqulov rahbarlik qilib kelayotgandi. U endi qaysi lavozimga o‘tkazilgani ma’lum emas.

Mavzuga oid
Top