12:07 / 17.05.2023
9776

Toshkentdan Dushanbega uchgan samolyot poytaxt aeroportiga qaytib keldi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent -   Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha HY717 sonli reysi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytib keldi. 

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, samolyotning qaytishiga Dushanbe aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti (kuchli shamol) sabab bo‘lgan.

Toshkent vaqti bilan soat 10:04 da samolyot uchish aeroportiga kelib qo‘ndi. 

Soat 11:31 da esa bortida 174 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Dushanbe aeroportiga uchib ketgan.

Top