16:55 / 20.05.2023
8799

OKMK jamoasi kasb bayramini nishonlashdi

Foto: OKMK

Ma’lumki, har yili may oyining uchinchi yakshanbasi O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni sifatida keng nishonlab kelinadi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi ushbu qutlug‘ sanani mehnatdagi yuksak natijalari va ko‘tarinki kayfiyat bilan qarshi oldi.

Sana munosabati bilan kombinatning barcha tarkibiy bo‘linmalarida bayram dasturxoni yozilib, bayram tadbirlari tashkil etildi. Joylarda ilg‘or ishchi-xodimlarga kombinat Faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari tuhfa etildi.

19 may kuni OKMK sport majmuasida ishchi xodimlar uchun konsert dasturi havola etildi. Tadbir debochasida kombinat tarkibiy bo‘linmalarining o‘ziga xos paradi o‘tkazildi.

OKMK boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov barchani kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, kombinat mehnat jamoasi tomonidan barcha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bajarilayotganligi, investitsiyaviy loyihalar jadal sur’atlarda amalga oshirilayotganligini aytar ekan, kombinat ishchi xodimlarining mehnati tahsin va maqtovga loyiq ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

An’anaga ko‘ra, uzoq yillik samarali va fidokorona mehnatlari uchun joriy yilda 22 nafar ishchi-xodimlar turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ravshan Komilov, Ilhom Farmanov, Ilyos Arabov, Mohichehra Shomurodovalar tomonidan ijro etilgan dilrabo taronalar bilan davom etgan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir so‘ngida an’anaviy tarzda o‘tkazilgan mushakbozlik tomoshalari yig‘ilganlarda yorqin taassurot qoldirdi.

Bayram tadbirlari 20 may kuni xalq sayli bilan davom ettirildi.

Unda kombinat tarkibiy bo‘linmalarining gigant texnika vositalaridan tortib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va maketlar ko‘rgazmasi taqdim etildi.

 Ko‘rgazmada noyob ishlanmalari bilan taassurot qoldirgan va faol ishtirok etgan korxonalar kombinat rahbariyati va Kasaba uyushmalari kengashining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Xalq saylida, shuningdek, sport musobaqalari, turli tanlovlar, bolalar o‘yinlari va boshqa qiziqarli bahslar tashkil etildi.

“Metallurg” MM ijodiy jamoasi mehmonlarga xush kayfiyat ulashishdi.

Reklama huquqi asosida

 
Mavzuga oid
Top