12:45 / 22.05.2023
7169

Georgian Airways Gurjiston prezidentini persona non grata deb e’lon qildi

Georgian Airways aviakompaniyasi Moskvaga parvozlar tiklanishi munosabati bilan aviatashuvchiga boykot e’lon qilgan Gurjiston prezidenti Salome Zurabishviliga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortdi. Davlat rahbaridan Gurjiston xalqidan kechirim so‘rash talab etilyapti.

Foto: Georgian Airways

Gurjistonning Georgian Airways aviakompaniyasi prezident Salome Zurabishvili Moskva bilan parvozlarni tiklagan aviakompaniyani boykot qilishga chaqirganiga javoban uni persona non grata deb e’lon qildi. Kompaniya asoschisi Tamaz Gaiashvili 21 may, yakshanba kuni Zurabishvilini Georgian Airways samolyoti bortiga kiritilmasligini aytdi.

"Salome xonim milliy aviakompaniyaga boykot e’lon qildi, biz uni persona non grata deb e’lon qilamiz va u Gurjiston xalqidan kechirim so‘ramaguncha, biz uni bortga kiritmaymiz", - deya Gaiashvilining bayonotidan iqtibos keltirgan mahalliy OAV.

Bir kun avval, Georgian Airways Rossiya bilan havo qatnovi tiklanganidan keyin Tbilisidan Moskvaga birinchi reysni amalga oshirgandan so‘ng, Salome Zurabishvili "bort Georgian Airways qo‘lida ekan, kompaniyani yanada boyitmaslik maqsadida samolyotdan foydalanmaslikka" va’da berdi. U vatandoshlarini boykotga qo‘shilishga chaqirdi.

2019 yildan beri Moskva tomonidan Rossiyadan Gurjistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar taqiqlangandi. 2023 yil 10 mayda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu taqiqni bekor qildi. Shu kuni Gurjiston fuqarolari uchun viza rejimi ham bekor bo‘ldi.

Top