18:59 / 27.05.2023
25392

Baxmutda asirlar almashinuvi, dron ovlayotgan rossiyalik zenitchilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 457-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 26 may kuni Dniproda tibbiyot muassasalari binolariga rossiyaliklar raketalari kelib tushishi oqibatida yong‘in chiqdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lib, 32 kishi yaralangan.
  • Kiyevda o‘tkazilgan xavfsizlik bo‘yicha forumda AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland ukrainlarni Vashington ularga Rossiya kelajakda yangi urush boshlashiga imkon bermaydigan xavfsizlik tizimi barpo etishda yordam berishiga ishontirdi.
  • Pskov oblastida dronlar gaz o‘tkazish quvuri ma’muriy binosiga hujum qildi, Tver oblastida ham «Drujba» gaz o‘tkazish quvuri uchun neftni qayta ishlash stansiyasiga portlovchi qurilma o‘rnatilgan dron kelib urilgan.
  • RF IIV armiyani obro‘zsizlantirish ishi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan iqtisodchi Konstantin Soninni qidiruvga berdi.
  • Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte uning hukumati Kiyevga F-16 qiruvchilarini yetkazib berish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotganini tasdiqladi, ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror hali qabul qilinmagan va buning uchun Vashingtonning roziligi talab etiladi.
  • Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov mamlakat armiyasi uzoq kutilgan qarshi hujumni boshlashga tayyorligini ma’lum qildi.

Kunning asosiy fotosurati. Ukrainalik asirlar va jasadlar almashinuvi

Ukraina QK va «Vagner» XHK (kompaniya o‘z bo‘linmalarini Baxmutdan olib chiqmoqda) o‘rtasida keng ko‘lamli harbiy asirlar almashinuvini o‘tkazdi. Ukrainalik harbiy asirlarning 106 nafari uyga qaytgan, Rossiya tomoni ozod qilgan yollanma jangchilar va harbiylarning soni ma’lum qilinmadi.

Ozod etilgan ukrain harbiy asirlari Baxmut frontini tark etmoqda
Yevhenii Zavhorodnii / Reuters / Scanpix / LETA
Yevhenii Zavhorodnii / Reuters / Scanpix / LETA
«Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin ukrain asirlar bilan gaplashdi: «Agar yana bir bor qo‘lga tushsangiz — nima bo‘lishini bilasiz»
Yevhenii Zavhorodnii / Reuters / Scanpix / LETA
Asirlikdan ozod bo‘lgan ukrain harbiysi
Yevhenii Zavhorodnii / Reuters / Scanpix / LETA
«Vagner» XHK Ukrainaga sobiq amerikalik harbiy xizmatchi, Baxmutda halok bo‘lgan Nikolas Maymerning jasadini topshirdi, u ko‘ngilli sifatida Ukraina QK tomonida jang qilgandi.
Yevhenii Zavhorodnii / Reuters / Scanpix / LETA

Dniproga raketa zarbasi oqibatlari

Dniproda rossiyaliklar raketasi kelib tushgan joyga yetib kelgan qutqaruvchilar. Vagon ta’mirlash zavodi yonida joylashgan shahar shifoxonasi filiali yonib ketgan. Katta ehtimol bilan, zarba nishoni zavod bo‘lgan, ammo raketa 26 may tongida aholi yashash uylari va fuqarolik obektlari o‘rtasida portladi. Shifoxonadan tashqari, ruhiy kasalliklar dispanseri va veterinariya klinikasi shikastlandi. Tinch aholi vakillari orasida qurbonlar bor.
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA
Dnipro 26 may kuni o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan kishi jasadi
Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA
Dniproda portlash joyida ishlayotgan o‘t o‘chiruvchi
J. Daniel Hud / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Ukraina QK jangchilari dron uchirmoqda

Ukraina QK 59-motopiyodalar diviziyasi zobiti rossiyaliklarning texnikalari va Donetsk yaqinidagi pozitsiyalariga drondan tashlanadigan o‘q-dorilarni to‘plamoqda. Zarbdor dronlar bu urushda raqibga zarba berishdagi asosiy vositalardan biriga aylandi.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Kuzda Rossiya qo‘shini Donetsk aeroporti yaqinidagi Peski posyolkasini egallab olgan, ammo Pervomayskoye posyolkasi yaqinida to‘xtatilgandi. Shundan buyon Ukraina QK 59-brigadasi va Rossiya kuchlari o‘rtasida Pervomayskoye atrofidagi pozitsiyalarda shiddatli janglar olib borilmoqda.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Ukraina QK 59-motopiyodalar diviziyasi harbiy xizmatchilari zarbdor dronlarni boshqarmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Pervomayskoyedagi vayronalarning drondan ko‘rinishi
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Pervomayskoyeda vayron bo‘lgan cherkov binosi
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Qishloqdagi ayol otishmadan keyin o‘z uyi hovlisini metall izlovchi moslama bilan tekshirmoqda 

Xerson va Mikolayiv oblastlari chegarasida joylashgan Stepovaya Dolina qishlog‘ida yashovchi Xanna Plishchinskaya o‘z uyi atrofidagi hududni metall izlovchi moslama bilan aylanib chiqmoqda. Qishloq ko‘p oylar davomida front chizig‘ida bo‘lgan va tez-tez o‘qqa tutilgan. Rossiya qo‘shinlari chekingach, uyiga qaytib kelgan Xanna portlamay qolgan o‘q-dorilarni qidirmoqda.
Viktoriia Lakezina / Reuters / Scanpix / LETA

Frontdagi rossiyalik zenitchilar 

Markaziy harbiy okrug tarkibida bo‘lgan rossiyalik zenitchi «Tor-M1» zenit raketa kompleksi (ZRK) mashinasi yonida. Bu komplekslar ukrain dronlariga qarshi kurashdagi asosiy vositalardan biri sanaladi.
9A330 ZRK «Tor-M1» jangovar mashinasi
«Tor-M1» kompleksidan nishonga raketa otilishi
Yuzi yopilgan va bosh kiyimida SSSR ramzi aks etgan rossiyalik​​​​​​ zenitchi s’yomka guruhiga intervyu bermoqda
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top