10:14 / 27.05.2023
5696

Navalniyga qarshi yangi ish bo‘yicha sud 31 may kuni boshlanishi mumkin

Aleksey Navalniyning aytishicha, unga nisbatan sud jarayoni 31 may kuni boshlanadi. Shu bilan birga, aynan nimada ayblanayotganini “aniqlashning iloji yo‘q” – JIZOda ayblov xulosasining 3828 sahifasi olib qo‘yildi, deb yozadi muxolifatchi.

Foto: Yevgeniy Feldman / «Meduza»

Rossiya rasmiylariga ko‘ra, Aleksey Navalniy qamoqda bo‘lgan vaqtida sodir etgan jinoyatlar bo‘yicha sud 31 may kuni boshlanadi. Rossiyalik muxolifatchi 26 may, juma kuni Twitter’da Bosh prokuratura unga 3828 sahifali ayblov xulosasini taqdim etganini aytdi.

Shu bilan birga, ayblovlarning mohiyatini "aniqlab bo‘lmayapti", chunki koloniya ma’muriyati ishni olib qo‘ygan, deb yozadi siyosatchi. "JIZOda bu taqiqlangan narsa", deb tushuntirdi u. “Sizni nimada ayblashayotganini faqat hukm chiqarilgach bilib olasiz”, deya kinoya qildi muxolifatchi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, yangi ayblovlar bo‘yicha u 30 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Navalniy 2022 yil oktyabrida “terrorizmni targ‘ib qilish”, “ekstremistik faoliyatni moliyalashtirish” va “natsizmni reabilitatsiya qilish” moddalari bo‘yicha yangi ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

2023 yil aprelida “terrorizm” moddasi bo‘yicha ish mavjud bo‘lganidan – “ekstremizm” moddasi bo‘yicha ishdan ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

25 may kuni materiallar Moskva shahar sudiga kelib tushgan. Hammasi bo‘lib, o‘sha paytda gap Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining oltita moddasi haqida ketayotgan edi.

Mavzuga oid
Top