08:45 / 27.05.2023
22331

Singapur prezidenti Uzbekistan Airways reysi bilan Toshkentdan uchib ketdi

Singapur prezidenti Halima Yoqub O‘zbekistonga davlat tashrifini yakunlab, 25 may kuni Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining HY511 Toshkent-Seul reysi bilan Boeing 787 Dreamliner samolyotida mamlakatdan jo‘nab ketdi.

Foto: fb.com/halimahyacob

Halima Yoqub Markaziy Osiyoga kelgan birinchi Singapur prezidenti bo‘ldi. U 21-23 may kunlari Qozog‘istonga davlat tashrifini amalga oshirdi va 23 may kuni Uzbekistan Airways'ning doimiy reysi (HY722) orqali Ostonadan Toshkentga yetib keldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari, jumladan, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar va ikki mamlakat biznes-forumi 24 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tdi. 25 may kuni Halima Yoqub «Afrosiyob» tezyurar poyezdida Samarqandga bordi.

Wikipedia'da yozilishicha, Singapur prezidenti, bosh vaziri va rasmiy shaxslari odatda safarlar uchun doimiy yo‘lovchi reyslarga chiqishadi. Ular asosan milliy Singapore Airlines aviakompaniyasi xizmatlaridan foydalanadi, yo‘nalishga qarab boshqa tashuvchilarning muntazam reyslarida ham uchishadi.

Top