16:14 / 29.05.2023
27275

Toshkentda 6 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 6 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati YTH bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 29 may kuni soat 12:30 larda Yunusobod tumani Moyqo‘rg‘on ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.

To‘qnashuv «Malibu-2», BYD SONG, «VAZ-2105», «Lacetti», «Nexia-3» rusumli yengil mashinalar va «ZIL» rusumli yuk mashinasi ishtirokida ro‘y  bergan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top