Aprel oyida 2545 ta Onix avtomobili ishlab chiqarilgan.

Foto: Kun.uz
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2023 yilning aprel oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni ma’lum qilindi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, aprel oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni quyidagicha:
- Cobalt - 9 965 dona;
- Lacetti-Gentra - 9 531 dona;
- Onix - 2 545 dona;
- Damas - 2 197 dona;
- Tracker - 1 958 dona;
- Nexia T-250 - 142 dona;
- maxsus yengil avtomobillar - 985 dona.
Avvalroq Statistika agentligi avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2023 yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni to‘g‘risida ma’lumot bergandi.
Agentlik xabariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-aprel oylarida eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan — 27 739 dona.