11:06 / 01.06.2023
27067

May oyi uchun inflatsiya darajasi e’lon qilindi 

May oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga oshgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning may oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,5 foizga oshgan. 

2023 yilning may oyida narxlar va tariflar o‘sishida oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatish narxlari mos ravishda o‘rtacha 0,5 foizga oshgani kuzatilgan.

Iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 10,4 foizga yetdi. 

Yil boshidan buyon iste’mol sektoridagi narxlar indeksi o‘rtacha 3,8 foizga o‘sgan.

Top