11:05 / 05.06.2023
4705

Yer fondi toifalarini o‘zgartirish bo‘yicha komissiyaning vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz

Nizomda quyidagi tartiblar nazarda tutilgan:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining ep fondi toifasini o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash hamda yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab chiqish tartibi;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifasini o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni o‘rganish tartibi.

Yer fondi toifasini o‘zgartirish bo‘yicha takliflarni rad etish va ishchi organ xulosalarini tayyorlash tartibi. Tuman (shahar) hokimliklari taklifi ishchi organ tomonidan quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:

unumdor sug‘oriladigan yerlar alohida qimmatga ega bo‘lsa va tuproq unumdorligi tumanning o‘rtacha ball bonitetidan yuqori bo‘lsa;

o‘rmon fondining yerlari o‘rmon bilan qoplangan bo‘lsa;

yerlar foydalanish uchun berilgan va tuman hokimligi zaxirasiga olinmagan bo‘lsa;

Yep fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan ishchi organ xulosalari ko‘rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi.

Top