19:14 / 10.06.2023
11952

Qozog‘istonda ikki o‘zbekistonlik tutqunlikda saqlab turilgani aniqlandi

Mahalliy fuqaro 3 yil davomida ularning mehnatidan noqonuniy foydalangan.

Foto: pixabay.com

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida O‘zbekistonning ikki fuqarosi mehnatidan foydalanish maqsadida noqonuniy ravishda erkinlikdan mahrum qilish fakti aniqlandi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Olmaota viloyati politsiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar uch yildan ortiq vaqt davomida mahalliy fuqaroning uyida tutqunlikda saqlangan.

«10 iyun kuni Olmaota viloyati Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning ikki fuqarosini mehnat ekspluatatsiyasi maqsadida noqonuniy ravishda ushlab turish fakti aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, gumondor A. (1986 yilda tug‘ilgan) 3 yil davomida jabrlanuvchilarni Qorasoy tumani hududida tutqunlikda saqlagan», deyiladi xabarda.

Holat bo‘yicha Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 126-moddasi 3-qismi 2-bandi (noqonuniy ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi ochilgan. Gumonlanuvchi tergov izolyatoriga joylashtirilgan.

Top