Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtomat o‘qlarini sotishga uringan sobiq harbiy qo‘lga olindi
U 22 dona jangovar patronni 1 300 dollarga pullashga uringan.
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida jangovar o‘q-dorilarni noqonuniy ravishda pullashga uringan erkak ushlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchi 5,45 mm kalibrli 22 dona jangovar patronni 1 300 dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ushlangan shaxs muqaddam Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlardan birida portlatuvchi haydovchi bo‘lib ishlagani ma’lum bo‘lgan. U o‘q-dorilarni avval o‘zi bilan birga xizmat qilgan harbiydan 10 million so‘mga sotib olganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi (O‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mazkur modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxslar 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
18:11
Andijonda uyushgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi
12:13 / 07.01.2026
Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yangi tartib belgilandi
12:08 / 10.11.2025
YeI va Lotin Amerikasi birgalikda jinoyatchilikka qarshi kurashadi
22:39 / 19.09.2025