Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qabul kvotalarida xususiy universitetlar uchun 1000 ta grant bor
Foto: KUN.UZ
Bu o‘rinlar xususiy va xorijiy OTM yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlanib, qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
2022 yilgi qabuldan boshlab nodavlat OTM uchun ham 1000 ta davlat granti ajratilishi boshlandi.
Bu yilgi kvotalar to‘g‘risidagi prezident farmoyishida ham nodavlat universitet va institutlar uchun 1000 ta grant o‘rni ajratilishi belgilangan.
Bu o‘rinlar xususiy va xorijiy OTM yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlanib, qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi va 1 iyulgacha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi saytida e’lon qilinishi kerak.
Xususiy OTM imtihonlari tugagach, eng yuqori ball to‘plab talaba bo‘lganlar va grant olishni istaganlar OTM va vazirlik bilan birgalikda 3 tomonlama shartnoma imzolaydi. Bu shartnoma asosida ular o‘qishni tugatib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlab berish majburiyatini oladi. Ishlash muddati yo‘nalish xususiyatiga qarab turlicha belgilanadi.
Mavzuga oid
13:04 / 20.12.2025
Navoiyda universitet mansabdori pora bilan ushlandi
11:07 / 15.12.2025
O‘zbekiston universitetlari YeI tadqiqot dasturlarida ishtirokini kuchaytiradi
16:15 / 13.12.2025
Reding universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
17:58 / 26.11.2025