O‘zbekiston | 09:15 / 24.07.2023
6669
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiya elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston - Rossiya strategik sherikligining keng ko‘lamli kun tartibi muhokama qilingan.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Rossiyaning elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.

«Rossiyaning favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov janoblari bilan samarali va samimiy suhbat o‘tkazdik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘z Telegram-kanalida.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston - Rossiya strategik sherikligining iqtisodiy hamkorlikdan tortib, xalqlar o‘rtasidagi aloqalargacha bo‘lgan ko‘plab muhim sohalarni qamrab olgan keng ko‘lamli kun tartibi muhokama qilingan.

Mavzuga oid