Faollar Surxondaryo viloyati hokimi va maktab direktori örtasidagi tortişuvga munosabat bildirib, hokimlarning ta’lim jarayoniga aralaşuvini darhol çeklaş, Uluğbek Qosimov esa bu holatda jazolanişi kerakligini aytmoqda.

Hokim bilan tortişgan pedagogga ma’muriy qamoq jazosi berildi

3 avgust kuni Kun.uz’da Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov hamda 28-maktab direktori Umida Tursunova örtasida yiğilişlardan birida janjal yuzaga kelgani haqida xabar berildi. 

Işdan böşatilgani tufayli hokim bilan tortişgan, buning ortidan ma’muriy qamoq jazosi olgan pedagog masalasi Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tomonidan nazoratga olindi. 

Vazir Umarova maktab direktori qamoq jazosidan ozod etilganini, u işga qayta tiklanib, hozirda uyida ekanini ma’lum qilib, mahalliy hokimliklarni ta’lim jarayoniga arlaşmaslikka çaqirdi.

Şundan söng Hilola Umarovaning pedagog bilan telefon orqali suhbatlaşgani aks etgan video taqdim etildi. Vazir maktab direktori bilan gaplaşarkan, hamma narsa nazorat ostida ekanini, har bir pedagog davlat rahbarining himoyasidaligini ta’kidlagan. 7 kun qamoqda bölgan direktor esa unga nisbatan bosimlar bölişidan xavotirda ekanini bildirgan. 

Faollar nima deydi?

Ta’lim böyiça mutaxassis, pedagog Şokir Tursun bu jarayonda birinçi navbatda hokimning direktorni işdan olişga buyruq berişga haqqi bor yoki yöqligini körib çiqiş zarurligini ta’kidlaydi.

«Bor bölsa, nega vazir aralaşgaç, öz fikrini özgartirdi, qarori xato ekanini tuşundimi yoki vazirning ta’siri böldimi? Agar haqqi yöq bölsa, nega bunday buyruqni berişga jur’at qildi? Unda bu borada qanday riçag bor? Agar buyruği notöğri yoki noqonuniy bölsa, öşa hokimga nisbatan jazo qöllanadimi? Ya’ni har uçala taraf (direktor, hokim, vazir)ning harakatlariga huquqiy bahoni kim beradi?»