Kun.uz'ga Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov ötkazgan majlislardan birida viloyatning Sariosiyo tumanidagi maktablardan birining direktori Umida Tursunova bilan tortişgani aks etgan video kelib tuşdi. Tahririyat manbasiga köra, janjalli vaziyat 26 iyul kuni Sariosiyo tumanidagi 12-sonli maktabda umumiy örta ta’lim maktablarining 2023-2024 öquv yiliga tayyorgarligiga bağişlangan videoselektor seminarda yuzaga kelgan.

Unda direktor hokimdan nima aybi sabab işdan olinayotganini söray turib, quyidagi gaplarni aytgan:

«U yerda nima bölganini siz qayerdan bilasiz? «Muhitni buzding», deysiz, nima muhit buzilgan u yerda? Maktabning tomorqasigaça sotib yuborişyapti, şunça yozganimizga indamaylik deb... Ahvolni örganadigan odam yöq, bularning hammasining tili bir», — degan Umida Tursunova.

Seminar jarayoni. Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

Tortişuv davomida sobiq direktor hokimga miltiq bölsa, otib taşlaşini, maktabda yuzaga kelayotgan vaziyatlar uyuştirilayotgani, viloyat hokimiga notöğri ma’lumot berilayotganini aytgan.

Seminar jarayoni. Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

«Viloyat hokimiga töğri ma’lumot kiritilişi kerak. «Yöqot, yöqot, yöqot!» Nima qilyapman men? Senlar maktabda xohlagan işingni qilding, heç kim heç narsa qilmadi-ku?! Menga çora köriladimi? Nimaga taşqariga çiqaman? Mana şu yerda turib [gaplarini] oxirigaça eşitaman, [keyin] prezidentga aytadigan gapim bor. Otsa meni, Özbekiston [xalqi] oldiga olib çiqib otib taşlasin», — degan u tortişuv söngida.

Şundan söng sobiq direktor içki işlar organi xodimlari tomonidan majlis zalidan olib çiqib ketilgan. Majlislar zalini tark eta turib, Umida Tursunova viloyat hokimi Uluğbek Qosimovga qarata «Hayf sizday viloyat hokimiga», — degan.

Umida Tursunovaning yiğiliş zalidan olib çiqib ketilişi. Tarqalgan videodan skrinşot.