2025 yil 7 mart kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yuk maşinasi 2-sinf öquvçisini urib yubordi.
Viloyat YHXB xabariga köra, 8 yoşli qiz maktabdan çiqib, yölni kesib ötayotganida 1992 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvidagi yuk maşinasi uni urib ketgan. Oqibatda oğir tan jarohati olgan qiz şifoxonada vafot etgan.
Uşbu holat Surxondaryo viloyati YHXB mas’ullari tomonidan örganilgan. Hududda yöl infratuzilmasi, piyodalar ötiş joylari bilan boğliq kamçiliklar mavjudligi aniqlanib, şu kunning özida amaliy işlar olib borilgan.
Boşqarma boşliğining ta’kidlaşiça, maktab yaqinidagi piyodalar ötiş joyi qavariq (kötarma) qilib qayta ta’mirlanadi.
Yöl-transport hodisasi sabab Darband mahallasida ötkazilgan yiğilişda aholiga farzandlarini doim nazorat qilişlari xususida tuşuntiriş işlari olib borilgan.
Xabarda haydovçi qölga olingan-olinmagani haqida ma’lumot yöq.

















