Aviakompaniya boshqaruv raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga ko‘ra, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi boshqaruvida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Jumladan:
- Sattarov Alisher Abduvoxobovich uch yil muddatga Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining transformatsiya, moliyaviy va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;

Foto: uzairways.com
- Ikramov Shaxzod Ilyasovich uch yil muddatga Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining parvoz ishlarini tashkil etish bo‘yicha o‘rinbosari;
- Yadgarov Shuxratillo Shavkatovich uch yil muddatga aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining Uzbekistan Airways tijorat va turizm bo‘yicha o‘rinbosari qilib tayinlandi.

Foto: uzairways.com
Qayd qilish joiz, Strategik islohotlar agentligi Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyatining ovoz beruvchi oddiy aksiyalariga ega bo‘lgan yagona aksiyadori hisoblanadi.