21:25 / 05.09.2023
6460

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Qurolli kuchlari Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 sentabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Qurolli kuchlari Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni general Asim Munir boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

Jumladan, ilgari qabul qilingan «yo‘l xaritasi»ga muvofiq o‘zaro savdoning yuqori o‘sish sur’atini davom ettirish, infratuzilmaviy loyihalarni tezlashtirish hamda ikki mamlakat yetakchi korxonalarining kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan fikr almashildi. 

«Termiz – Mozori-Sharif - Peshovar» temiryo‘lini barpo etish loyihasini ilgari surish maqsadida amaliy sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhimligi ta’kidlandi. 

Top