Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda mushkul ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga insonparvarlik yordami ko‘rsatildi
Ishsizligi tufayli mushkul ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat besh oilaga va o‘n nafar bolaga o‘quv qurollari, kitoblar, gigiyena va antiseptik vositalari topshirildi.
Foto: Dunyo AA
O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulligida "Rodnik" jamoat fondi bilan hamkorlikda YUNISEFning "Migratsiya jarayonlarida bolalarni himoya qilish" loyihasi doirasida mehnat muhojirlari orasidagi mushkul hayotiy vaziyatga tushib qolgan mamlakat fuqarolari uchun xayriya tadbiri tashkil etildi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.
Xayriya tadbiri davomida diplomatlar chet ellardagi fuqarolarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va murakkab vaziyatlarda ularga zarur yordam ko‘rsatish yuzasidan O‘zbekiston hukumati yuritayotgan siyosat haqidagi ma’lumotlarni ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashdi.
"Rodnik" jamoat fondi vakillari Bosh konsullikka insonparvarlik tadbirini amalga oshirishda ko‘rsatilayotgan ko‘magi, Qozog‘istonda o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirishga bo‘lgan irodasi uchun minnatdorlik bildirishdi.
Tadbir chog‘ida ishsizligi tufayli mushkul ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolaridan iborat besh oilaga va o‘n nafar bolalarga 800 dollar miqdoridagi humanitar yordam - o‘quv qurollari, kitoblar, gigiyena va antiseptik vositalari topshirildi.
Mavzuga oid
17:52 / 20.01.2026
To‘qayev Qozog‘istonda vitse-prezident lavozimini tiklashni taklif qildi
08:29 / 15.01.2026
Qozog‘istonda alkogol savdosini cheklash taklif qilindi
10:04 / 14.01.2026
Qozog‘iston nefti eksportiga bog‘liq tankerlar Qora dengizda nishonga olindi
20:37 / 13.01.2026