Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelidagi portlash va yong‘in oqibatlari. Foto va videolar
Sergeli tumanidagi omborxonada ro‘y bergan portlash kuchi atrofga katta zarar yetkazgan, ko‘p qavatli uylar va boshqa binolarning fasad qismiga zarar yetgan, kvartiralar ichkarisida ham vayrongarchiliklar kuzatilgan. Atrofdagi xonadonlarda yashovchi aholi tunni tashqarida o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan.
Foto: Sabina Bakayeva / «Gazeta.uz»
28 sentabr kuni soat 2:43 Toshkent shahri Sergeli tumani Quruvchilar massivida «Inter logistiks» kompaniyasi omborxonada kuchli portlash ro‘y berdi.
Portlash ortidan kuchli yong‘in boshlangan, uni hozirgacha o‘chirishning imkoni bo‘lmagan. Portlash ovozi ko‘plab kilometr masofadan eshitilgan, shaharning boshqa tumanlaridan ham yong‘in va yuqoriga ko‘tarilgan tutun ko‘rinib turgan.
«Gazeta.uz» muxbiri xabar berishicha, portlash to‘lqini atrofdagi uylarda o‘nlab kvartiralarning derazalarini sindirib yuborgan bo‘lishi mumkin, hududdagi uylarning hovlilariga ko‘plab tez yordam mashinalari yetib kelgan. Hududda yashovchi aholining ko‘pchiligi tunni tashqarida o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. Atrofdagi binolarning fasadlari va avtomashinalar ham qisman shikastlangan.

Mavzuga oid
13:30 / 21.01.2026
Shayxontohur tumanida avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026