Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kechalari +10...+15 daraja, kunduz kunlari +23...+28 daraja bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
5 oktyabr kuni mamlakat hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, kunduzi harorat +25...+30 darajagacha biroz ko‘tariladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, respublika shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududidan nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
6 oktyabrda nam va salqin havo massalarining kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududini qamrab oladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat juma kuni, 6 oktyabrda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol asosan sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 6 oktyabrda 10-12 m/s gacha kuchayadi.
Harorat kechasi +12...+15 daraja, kunduzi +24...+27 daraja, 5 oktyabrda +27...+29 daraja bo‘ladi, juma kuni, 6 oktyabrda yomg‘ir paytida +21...+23 darajagacha pasayadi.
Mavzuga oid
11:39 / 21.01.2026
O‘zbekistonda qor, kuchli shamol va sovuq ob-havo kutilmoqda
10:12 / 21.01.2026
Bugun ayrim hududlarda kuchli shamol kuzatilishi mumkin
11:52 / 20.01.2026
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
12:18 / 19.01.2026