Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Kiyevga 1,5 mlrd yevro miqdoridagi yangi yordam transhini o‘tkazdi
2023 yilda Yevropa Ittifoqining Ukrainaga makromoliyaviy yordami umumiy hajmi 16,5 milliard yevrogacha oshdi. Mablag‘lar davlat ishini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Foto: Xavier Lejeune/European Union, 2023
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 1,5 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordamning yangi transhini o‘tkazdi, dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen. «Yevropa Rossiya harbiy harakatlari boshidanoq Ukrainada iqtisodiy barqarorlik va davlat xizmatlarini ko‘rsatishni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlab kelyapti. Bugun biz yana 1,5 milliard yevro taqdim etmoqdamiz», deb yozdi fon der Lyayyen 22 noyabr, chorshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.
Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning keng miqyosli harbiy harkatlaridan o‘zini himoya qilayotgan Ukrainaga YeI yordami umumiy miqdori allaqachon 85 milliard yevroga yetgan. Bu yakuniy raqam emas, chunki Yevrokomissiya Ukrainaga 2027 yilgacha yana 50 milliard yevro ajratishni taklif qilgan, deya qo‘shimcha qildi u.
YeI yil oxirigacha yana 1,5 mlrd yevro o‘tkazadi
Ukraina Moliya vazirligi Yevropa Ittifoqidan yangi transh olinganini tasdiqladi. Joriy yil boshidan beri Bryusselning budjetni qo‘llab-quvvatlashi shu tariqa 16,5 milliard yevrogacha ko‘tarildi. Idoraning ta’kidlashicha, 1,5 milliard yevro miqdoridagi yakuniy transh dekabr oyi oxirigacha kutilmoqda - Kiyev YeI bilan kelishilgan tuzilmaviy siyosat shartlarini bajarishi kerak.
«Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun moliyaviy yordamning asosiy donorlaridan biri hisoblanadi. To‘liq miqyosli urush boshlanganidan beri budjetni qo‘llab-quvvatlashning umumiy miqdori 23,7 milliard yevroni tashkil etdi. Makromoliyaviy yordam davlatning ustuvor xarajatlarini moliyalashtirishga qaratilgan. Bu harbiy holatning notinch sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash imkonini beradi», - dedi Ukraina moliya vaziri Sergey Marchenko.
Yevropa makromoliyaviy yordami Ukraina hukumati 35 yilga oladigan kreditlarni ifodalaydi. Shu bilan birga, qarz bo‘yicha foizlar va boshqa to‘lovlar Ukraina o‘rniga Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan to‘lanadi.
Mavzuga oid
13:33
Strasburgda fermerlar YeIning Merkosur bilan kelishuviga qarshi chiqdi
09:25
Zelenskiy: Kiyevda bir milliondan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
13:48 / 20.01.2026