
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazildi.

Farg‘ona vodiysida YeTTB ishtirokida 118 ta nasos stansiyasi modernizatsiya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti tegishli qarori qabul qilindi.

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani “Qaynar buloq” MFYda joylashgan 54-maktabda o‘quvchilar joy yo‘qligidan o‘qituvchilar xonasida ta’lim oladi. O‘qituvchilar qorovulxonadan qo‘nim topgan. Sport zali devorlari nurab tushgan. Maktabni ta’mirlash uchun 2 mlrd so‘m kerak. Ammo Farg‘onada buncha pulga atlas bayrami o‘tkazishni afzal bilishadi.

O‘zbekiston tumanida gaz quvuridan uzilgan gips zavodining norozilik uyushtirgan ishchilari javobgarlikka tortildi. Ulardan biriga 10 sutka, 6 nafariga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Vodiy viloyatlarida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari kuniga 5 soat – 06:00dan 11:00gacha ishlash rejimiga o‘tkazildi. Shoxobchalar to‘liq yopilishi haqidagi rasmiy e’lon olib tashlandi.

2022 yil noyabr oyida respublika bo‘yicha 83 197 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

Gaz bosimining pasayib ketishi va elektrdagi uzilishlar tufayli Toshkent, Xorazm va Farg‘onadagi qozonxonalarda gaz bosimi pasaygan. 3ta qozonxona vaqtincha o‘chirilgan. Poytaxtning 3ta tumaniga issiqlik yetkazib beruvchi qozonxonalarda ham ahvol yaxshi emas.

Polshada tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Lodz shahri meri Xanna Zdanovska bilan uchrashdi.

Toshkent avtovokzali e’lon qilgan rasmiy e’lon o‘chirib tashlandi. Transport vazirligi shaharlararo avtobuslar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilayotgani, ob-havo noqulayliklari tufayli avtobuslar harakati to‘xtab qolmasligi uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Kuchli qor sabab yo‘llar muzlagani uchun 5 dekabrdan Toshkent avtovakzalidan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati to‘xtatildi. Bu haqda “Toshkent” avtovakzali xabar berdi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari o‘sishi davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari Ahrorjon Yunusovga hayfsan intizomiy jazosi berildi.