Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdan boradigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati bekor qilindi
- Mazkur xabar e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay o‘z aktualligini yo‘qotdi. Transport vazirligi Toshkentdan viloyatlarga avtobuslar qatnovi to‘xtamasligini ma’lum qildi, Toshkent avtovokzali e’lon qilgan rasmiy e’lon o‘chirib tashlandi.
Kuchli qor sabab yo‘llar muzlagani uchun 5 dekabrdan Toshkent avtovokzalidan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati to‘xtatildi. Bu haqda “Toshkent” avtovokzali xabar berdi.
Rasmiy izohda aytilishicha, yo‘nalishlarda qatnovlarning qayta tiklanishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, poytaxtda qor yog‘ishi yaqin soatlarda to‘xtaydi. Ertaga, 6 dekabrda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmayapti, faqat Farg‘ona vodiysi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kechasi va kunning birinchi yarmida qor yog‘ishi mumkin.
Sovuq ob-havo hafta davomida saqlanib turadi. Ish haftasi oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi, faqat respublika janubi-sharqiy hududlarida, asosan tog‘oldi va tog‘li hududlarda 7-8 dekabr kunlari ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuchli qor tufayli Samarqand xalqaro aeroporti faoliyati ham vaqtincha cheklandi.
Mavzuga oid
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026