Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga o‘zgartirish kiritiladi
Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni jadallashtirish borasida iste'molchilarga shart-sharoitlar yaratilishini ta'minlash mo‘ljallanmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qaroriga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritiladi.
“Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror 1-ilovasi (Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari) 4-1-band bilan to‘ldiriladi.
Unga ko‘ra, maishiy iste'molchilarga Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan hisobga olish asboblarini xarid qilish, o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash hududiy elektr tarmoqlari korxonalari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan taqdim etilgan elektr energiyasini hisobga olish pribori, maishiy iste'molchilarga ma'qul bo‘lmasa yoki ulardagi mavjud shart-sharoitlarni inobatga olgan holda o‘rnatish uchun mos kelmasa, iste'molchilar elektr energiyasini hisobga olish priborini o‘z xohishiga ko‘ra tanlash huquqiga ega.
Bunda, maishiy iste'molchi “O‘zstandart” agentligi tomonidan Davlat sinovlaridan o‘tkazilgan va turi tasdiqlangan yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan O‘lchash vositalarining davlat reyestriga kiritilgan, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan o‘rnatilayotgan, aniqlik darajasi bir xil bo‘lgan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan boshqa turdagi elektr energiyasini hisobga olish priborini o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qiladi, davriy davlat qiyoslovidan o‘tkazadi hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan bepul o‘rnatiladi, plombalanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
2-ilovada (Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari) 70-band yangi tahrirda bayon etiladi.
Unga ko‘ra, iste'mol qilingan tabiiy gazni hisobga olish uchun “O‘zstandart” agentligi yoki O‘zbekiston Respublikasining o‘lchov vositasi turini tasdiqlash to‘g‘risidagi sertifikatiga ega bo‘lgan hududiy bo‘linmalar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Tabiiy gaz iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (TGHNAT) mos keladigan hisobga olish priborlari qo‘llaniladi.
Maishiy iste'molchilarga Tabiiy gaz iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan hisobga olish priborlarini xarid qilish, o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash gaz ta'minoti tashkiloti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Gaz ta'minoti tashkiloti tomonidan taqdim etilgan tabiiy gaz iste'molini hisobga olish pribori, maishiy iste'molchilarga ma'qul bo‘lmasa yoki ulardagi mavjud shart-sharoitlarni inobatga olgan holda o‘rnatish uchun mos kelmasa, iste'molchilarga tabiiy gaz iste'molini hisobga olish priborini o‘z xohishiga ko‘ra tanlash huquqi taqdim etiladi.
Bunda, maishiy iste'molchi “O‘zstandart” agentligi tomonidan Davlat sinovlaridan o‘tkazilgan va turi tasdiqlangan yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan O‘lchash vositalarining davlat reyestriga kiritilgan, shuningdek gaz ta'minoti tashkiloti tomonidan o‘rnatilayotgan, aniqlik darajasi bir xil bo‘lgan tabiiy gaz iste'molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keladigan boshqa turdagi tabiiy gaz iste'molini hisobga olish priborini o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qiladi, davriy davlat qiyoslovidan o‘tkazadi hamda gaz ta'minoti tashkiloti tomonidan bepul o‘rnatiladi, plombalanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.02.2026
«Metan zapravkalar» 11 fevraldan bosqichma-bosqich odatdagi ish rejimiga qaytadi – Energetika vazirligi
07:50 / 24.01.2026
O‘zbekistonda tabiiy gaz bilan bog‘liq holat qanday o‘zgaryapti?
17:57 / 12.01.2026
Prezident «O‘zbekneftgaz»ga kunlik gaz qazib chiqarish hajmini oshirishni buyurdi
10:22 / 06.01.2026