22:38 / 17.09.2016
6900

“Paxtakor” “Bunyodkor”ni mag‘lub qildi, “Loko” “Olmaliq”dan ustun keldi

Bugun, Oliy Liganing 22-turidan o‘rin olgan oltita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shu bilan 22-tur uchrashuvlari  yakunlandi.

Toshkentda “Paxtakor” jamoasi “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib bordi. Toshkent derbisining bu galgi qarama-qarshiligida “sherlar” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning birinchi bo‘limida Jaloliddin Masharipov “Paxtakor”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taymda esa Shahzod Nurmatov muvozanatni tikladi. Jamshid Iskandarov esa chiroyli tarzda gol kiritib, “Paxtakor”ga g‘alaba keltirdi.

Peshqadam “Lokomotiv” esa safarda “Olmaliq”ni 5:2 hisobida mag‘lub qildi hamda “Bunyodkor”ning mag‘lubiyatidan foydalanib, peshqadamligini yanada mustahkamladi.  Bu o‘yinda “temiryo‘lchilar” safida Marat Bikmayev va Sardor Mirzayevlar ikki marotabadan to‘p kiritishga erishdi.

“Nasaf” esa “Andijon” maydoniga safar uyushtirib, 0:0 hisobida durang natija qayd etdi.

“Paxtakor” – “Bunyodkor” – 2:1

Gollar: Jaloliddin Masharipov 27, Jamshid Iskandarov 85 – Shahzod Nurmatov 75.

“Olmaliq” – “Lokomotiv” – 2:5

Gollar: Timur Usmonov 27, Doniyor Ismoilov 85 – Marat Bikmayev 4, 49, Sardor Mirzayev, 49, 54, Oleg Zoteyev, 75.

“Sho‘rtan” – “Neftchi” – 2:1

Gollar: Igor Taran 45, Sunnat Mamadaliyev, 73 – Nikita Pavlenko, 27.

“Qo‘qon-1912” – “Metallurg” – 2:1

Gollar: Suhrob Berdiyev, 40, Nosir Otaqo‘ziyev, 58 – Dilmurod Karimov, 76.

“Andijon” – “Nasaf” – 0:0

“Buxoro” – “Qizilqum” – 2:0

Gollar: Salamat Qutiboyev 56, Vadim Chemirtan 75.

Mavzuga oid
Top