20:47 / 07.11.2016
9954

Kechki dayjest: 7 noyabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 7 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Andijondan Urganchga poyezd qatnay boshlaydi


Foto: UzDaily

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Andijon shahridan Toshkentga № 94/93 tezyurar poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘yadi.

>>> Batafsil.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritildi


Foto: railway.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 28 oktabrdagi 375-sonli qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritildi.  

>>>  Batafsil.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

>>>  Batafsil.

WikiLeaks saytiga xakerlar hujum qildi

WikiLeaks sayti AQSh Demokratlar partiyasi Milliy qo‘mitasi maktublarining ikkinchi qismini e'lon qilganidan so‘ng xakerlar hujumiga uchradi.

>>>  Batafsil.

Saakashvili iste'foga chiqdi


Foto: © RIA Novosti

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili iste'foga chiqqani haqida ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Kurdlar IShID jangarilari egallab olgan shaharga yurishni boshladi


Foto: Reuters

Kurdlardan tashkil topgan peshmerga harbiy bo‘linmalari IShID terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan egallab olingan Baashika shahriga yurishni boshladi.

>>> Batafsil.

Obama Trampga yadro kodlarini ishonib bo‘lmasligini ta'kidladi


Foto: CNET

AQSh prezidenti Barak Obama Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning shaxsiy tvitterini boshqarishdan chetlashtirilishiga munosabat bildirdi.

>>> Batafsil.

Kurd harbiy bo‘linmalari Baashika shahriga kirdi


Foto: AFP

Kurdlarning peshmerga harbiy bo‘linmalari Iroqning Baashika shahriga kirdi, deb xabar qilmoqda Rudaw agentligi.

>>> Batafsil.

IShID yetakchisi Mo‘suldan qochib ketdi


Foto: «RIA Novosti»

Iroq armiyasi IShID terrorchilik guruhi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning Mo‘suldan qochib ketgani haqida ma'lum qildi.

>>>  Batafsil.

So‘rov: Saylovga 1 kun qolganida Klinton Trampni kichik farq bilan ortda qoldirmoqda


Foto: Reuters

AQSh prezidentligi uchun Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lmish Hillari Klinton respublikachilar partiyasi vakili bo‘lgan raqibi Donald Trampni 3 punktga ortda qoldirmoqda.

>>> Batafsil.

Siyohsiz yozuvchi "abadiy" ruchka sotuvga chiqdi


Foto: Pininfarina

Pininfarina dizaynerlari (Italiya) siyohsiz yozadigan ruchkaning yangilangan versiyasini namoyish qilishdi.

>>>  Batafsil.

Shimoliy koreyalik darvozabonga O‘zbekiston o‘smirlaridan o‘tkazilgan bitta gol uchun bir yillik jazo

O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichida O‘zbekiston U-16 termasi darvozabonidan g‘alati gol o‘tkazib yuborgan KXDR posboni 2017 yilgi jahon chempionatidan chetlatildi.

>>> Batafsil.

Inglizcha inqilob va «Taxtlar o‘yini». Yakshanbaning asosiy 5 voqeasi

Yakshanba kungi o‘yinlarda Angliya chempionatida yana peshqadam o‘zgardi.  «Arsenal» va «Tottenhem» o‘zaro durang o‘ynab, «Liverpul» birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

>>> Batafsil.

Rossiya chempionatida dramatik uchrashuv: 6ta gol, 2 chetlatish va 2 marta «kambek»


Foto: Krasnodar klubi matbuot xizmati

 

Rossiya chempionatida 13-turning yakunlovchi uchrashuvida «Krasnodar» «Orenburg»ni qabul qildi. Bu uchrashuv mavsumning eng yorqin o‘yinlaridan biriga aylandi va deyarli Hollivud ssenariylari yo‘sinida kechdi.

>>>  Batafsil.

Top