Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
17 dekabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari
Foto: Kun.uz
16 dekabr tuni va 17 dekabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi. >>> Batafsil
2016 yil 16 dekabr kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. >>> Batafsil
Qochoqlar masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilot 2016 yilning o‘tgan davrini sarhisob qildi. Unga ko‘ra, joriy yil muhojirlar uchun eng ayanchli va halokatli bo‘lgan. >>> Batafsil
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun o‘z vakolati tugagach, o‘z vatani – Janubiy Koreyaga qaytmoqchi ekanligi va kelgusida nima bilan shug‘ullanish haqida qaror qabul qilishini aytdi. >>> Batafsil
AQSh Davlat departamenti IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning joylashgan o‘rni haqidagi ma'lumotga va'da qilgan mukofot pulini oshirdi. >>> Batafsil
Iroq maxsus kuchlari qo‘mondoni Fozil Barvariy IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy Mo‘sul yaqinidagi yer osti bunkerida yashirinayotganini aytdi. >>> Batafsil

Xitoy harbiy kemasi Janubiy Xitoy dengizidagi xalqaro suv hududlarida avtonom suv osti dronini tutib oldi. >>> Batafsil
Suriya poytaxti Damashqdagi politsiya bo‘limida teraktni xudkush kamarini taqqan yosh bola sodir etgan. >>> Batafsil
Qatarning Anqaradagi elchisi Ash-Shafiy mamlakat Turkiyaga investitsiya kiritish uchun imkon izlayotgani hamda Qatar prezidenti 18 dekabr kuni Erdo‘g‘an bilan uchrashib, 14ta savdo kelishuvini imzolashini ma'lum qildi. >>> Batafsil
Dron operatori Sleyter Mur Kaliforniya sohillari yaqinida kosatkalar to‘dasining akulalarga hujum qilgani videosini suratga oldi. >>> Batafsil
Qozog‘istonda ijtimoiy tarmoqlar bilan muammo paydo bo‘ldi. >>> Batafsil

«Bunyodkor» jamoasi bosh direktori Baxtiyor Boboyev jamoaning yorqin g‘alabalariga Mirjalol Qosimov juda katta hissa qo‘shgani haqida aytib o‘tdi. >>> Batafsil
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020