Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti AQShning yakkalanib qolayotgani haqida fikr bildirdi
Foto: REUTERS
Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy shanba kuni mahalliy telekanal orqali jonli efirda AQShning «avvalgidan ham ko‘p yakkalanib qolgan»i haqida aytib, Amerikaning ittifoqchilari orasiga ham nifoq tushganini bildirdi. Bu haqda Reyters xabar bermoqda.
«Biz shunday sharoitdamizki, AQSh kiritayotgan sanksiyalar tufayli har qachongi davrdan ham badtar, o‘zi yakkalanib qolmoqda. Amerikaning noqonuniy qilmishlari... uni ittifoqdoshlaridan uzoqlashtirmoqda, ko‘rib turganimizdek», deydi u Donald Trampning Buyuk Britaniya tashrifi arafasida uyushtirilgan namoyishlarga urg‘u berib.
Eslatib o‘tamiz, Tehron bilan iqtisodiy hamkorlikni davom ettirish Eron yadro kelishuvini saqlab qolish imkonini beradi. «Beshlik» va Eron vazirlar qo‘shma komissiyasining Venada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi ishtirokchilari shunday xulosaga kelishgandi.
Mavzuga oid
20:57
Isroil va AQSh yangi oliy rahbarni saylaydigan Eron Ekspertlar kengashi binosiga zarba berdi
19:20
O‘zbekiston aeroportlaridan Yaqin Sharq mamlakatlariga parvozlar vaqtincha to‘xtatildi
17:53
FT: Isroil razvedkasi Ali Xominaiyni buzib kirilgan kameralar orqali kuzatgan
15:26