Tehron bilan iqtisodiy hamkorlikni davom ettiriş Eron yadro kelişuvini saqlab qoliş imkonini beradi. “Beşlik” va Eron vazirlar qöşma komissiyasining Venada bölib ötgan yiğilişi iştirokçilari şunday xulosaga kelişdi. Ular Tehron bilan iqtissodiy hamkorlikni rivojlantirişga kelişib olişdi. Bu haqda YeI tişqi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça oliy komissari Federika Mogerini bayonot berdi. Eron yadro kelişuvi böyiça xalqaro vositaçilar beşligiga Rossiya, Xitoy, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kiradi. 

"Iştirokçilar öz majburiyatlarini vijdonan tasdiqlaşdi va amaliy muhitda quyidagi maqsadlarga rioya qilişlarini bildirişdi: Eron bilan keng iqtisodiy munosabatlarni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş, Eron bilan samarali moliyaviy aloqalarni saqlab qoliş hamda qöllab-quvvatlaş", - deya qayd etgan Mogerini.

Uning sözlariga köra, "iştirokçilar bu kabi taşabbuslar yadro bitimini saqlab qolişga qaratilgani va barça tomonlar xavfsizlik manfaatlariga javob berişini ta'qidlaşdi", deb yozmoqda TASS.