Bugun, 18 fevral kuni Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengaşining navbatdan taşqari törtinçi sessiyasi bölib ötdi.

Sessiya işida taşkiliy masala körilgan va tuman hokimi Ne'mat Ozodoviç Abdullayev lavozimidan ozod etilgan.

Viloyat hokimi Rustam Xolmatov Bekobod tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirişning eng muhim jihatlariga töxtalgan, xususan, eksport, investitsiya, yoşlar bilan işlaş, ularni iş bilan ta'minlaş kabi ustuvor masalalarda Bekobod tumani viloyatda eng oxirgi örinlarda borayotganini tanqid qilgan. 

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, Bekobod tumani hokimi vazifasiga Furqat Abdusalomoviç Xudoyberdiyev nomzodi tavsiya etilgan, muhokamalardan söng u Bekobod tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tasdiqlangan.

Furqat Xudoybeyberdiyev / Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

 Furqat Xudoyberdiyev 1979 yili Böka tumanida tuğilgan. U 2000 yilda Toşkent davlat agrar universitetini, 2012 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.

Uşbu lavozimga tayinlangunga qadar Furqat Xudoyberdiyev Toşkent viloyati hokimligi Moliya boş boşqarmasi boşliği sifatida işlagan.

Tumanning sobiq hokimi Ne'mat Abdullayev 2018 yilning sentyabrida davozimga tayinlangandi.

Bundan avvalroq Toşkent viloyatining Böka tumanida ham hokim özgargani xabar qilingandi.