Böka tumani hokimligida xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdan taşqari 3-sessiyasi bölib ötdi.

Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga köra, sessiya işida taşkiliy masala körib çiqildi.

Sessiyada Nizomiddin Ravşanoviç Abbosov Böka tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tasdiqlandi.

N.Abbosov 1977 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tuğilgan. Millati özbek. Ma'lumoti oliy. 2000 yilda Toşkent moliya institutini, 2010 yilda Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida bank va boşqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.

U uşbu lavozimga tayinlangunga qadar Xalq banki boşqaruvi raisi örinbosari sifatida işlagan.

Eslatib ötamiz, 2019 yil fevralidan buyon Böka tumani hokimi lavozimida Bektemir Ibragimov işlab kelayotgandi.