15 yanvar kuni Xalq deputatlari Toşkent tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada taşkiliy masala körildi.

Foto: Toşkent viloyati hokimligi
Sessiyada Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimov iştirok etdi va sözga çiqdi.
Toşkent viloyati hokimining tavsiyasiga binoan Akbar Asqaroviç Sulaymonov Toşkent tumani hokimi vazifasiga tayinlandi.

Foto: Toşkent viloyati hokimligi
U bu lavozimda 2017 yilning iyul oyi oxiridan 2018 yilning dekabr oyi oxirigaça işlagan, keyin Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari sifatida tayinlangan Hotambek Anvaroviç Şakirov örnida iş boşlaydi.
Toşkent tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari Qahramon Qobiljanoviç Abilov boşqa işga ötganligi munosabati bilan Toşkent tumani hokimining birinçi örinbosari vazifasidan ozod etildi.
Özbekiston savdo-sanoat palatasi Toşkent viloyati boşqarmasi boşliği vazifasida işlab kelayotgan Fayzulla Böriyeviç Mamanov Toşkent tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari vazifasiga tayinlandi.











