Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonga jo‘natilgan insonparvarlik yordami tarkibi ma’lum qilindi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Bugun O‘zbekistondan Afg‘onistonga 63 ta vagonga ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari jo‘natildi. Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha yuklarning asosiy qismini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etgan.
Bugun, 23 dekabr kuni O‘zbekistondan Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yuklari yuborildi. 63 ta vagondan iborat poyezdga ortilgan yuklar Termiz shahridagi "Ayritom" xalqaro chegara o‘tkazish punktidan Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘natildi.
Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik yordami 1000 tonna un, 60 tonna shakar, 200 tonna guruch, 10 ming dona yog‘, 26 ming 500 dona murabbo, 26 ming 200 dona sabzavot konservasi, 30 tonna pishiriq, 14 ming 200 dona bir martalik tayyor ovqat (doshirak), 20 ming dona ayollar va erkaklar kiyimi, 15 ming dona erkaklar, ayollar va bolalar paypog‘i, shuningdek, ko‘mir yoqilg‘isidan iborat bo‘lgan.
Insonparvarlik yuklarini yuborish munosabati bilan Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridagi temir yo‘l stansiyasida Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mulla Sher Muhammad Abbos Stanikzay, Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamza, Kunar viloyati gubernatori Mavlavi Qosim va boshqa rasmiylar ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
13:46 / 19.12.2025
Germaniya 535 nafar afg‘onistonlikni qabul qiladi
14:51 / 18.12.2025
Afg‘oniston yetakchi: O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni keskin oshdi
21:23 / 04.12.2025
«Tolibon» 13 yoshli bolani omma oldida qatlni ijro etishga majburladi
20:27 / 02.12.2025