Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom mamlakatlari Afg‘onistonga moddiy yordam ajratishga va’da berdi
Pokiston bosh vaziri Imron Xon zudlik bilan chora ko‘rilmasa, Afg‘onistonda millionlab odamlar ochlikdan halok bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Pokistonda bo‘lib o‘tgan musulmon mamlakatlari anjumanida Afg‘onistondagi iqtisodiy tanazzulning oldini olish uchun moddiy yordam ajratishga va’da berildi, deb xabar qildi DW.
Islom hamkorligi tashkilotiga a’zo 57 mamlakat delegatlari Afg‘oniston uchun gumanitar fond tashkil etish maqsadida Pokiston poytaxti Islomobodda to‘plandi.
Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy Islom taraqqiyot banki shafeligida taraqqiyot fondi tashkil etilishini e’lon qildi.
Shuningdek, Pokiston bosh vaziri Imron Xon zudlik bilan chora ko‘rilmasa, Afg‘onistonda millionlab odamlar ochlikdan halok bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. U AQShni afg‘on xalqiga yordamni toliblar hukumatidan "ajratish"ga chaqirdi.
Avvalroq BMT Afg‘onistonda qishda ochlikdan million bola nobud bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026