Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi
Afg‘onistonga Termiz orqali navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 23 dekabr kuni Afg‘onistonga Termizdan temir yo‘l orqali navbatdagi insonparvarlik yuklari jo‘natilgan.
Mazkur yuklar oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko‘mir mahsulotlaridan iborat bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasidan afg‘on xalqiga beg‘araz yordam shaklida yuborilmoqda.
63 ta vagondan iborat ezgulik poyezdi bugun ertalab Termiz shahridagi "Ayritom" chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘nab ketgan.
Qayd etilishicha, bugun Balx viloyati markazida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi
Eslatib o‘tamiz, BMTning Afg‘onistonga insonparvarlik yuklarini jo‘natadigan asosiy markazi ham Termiz shahrida joylashgan. Joriy yil 15 dekabr kuni u yerdan qo‘shni mamlakatga ikkita yuk mashinasida insonparvarlik yuklari jo‘natilgandi.
Mavzuga oid
09:05
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026