Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Moliyaviy piramida» uchun jazo va jinoiy javobgarlikka tortilgan hokim yordamchilari – mahalliy dayjest
Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar hamda ko‘plab fuqarolarga jabr keltirayotgan «moliyaviy piramida» uchun jazo choralari kuchaytiriladi. 2025 yilda sudlar tomonidan 153 ta jinoyat ishi bo‘yicha 252 nafar hokim yordamchisi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortildi. Kunning shu va boshqa muhim yangiliklari bilan tanishtiramiz.
«Moliyaviy piramida» uchun jazo choralari og‘irlashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tgan yig‘ilishda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Qayd qilinishicha, so‘nggi 6 yilda kiberjinoyatlar bo‘yicha murojaatlar soni 48 baravarga oshgan. O‘tgan yilda sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarining 82 foizi, o‘g‘irlik jinoyatlarining 76 foizi kibermakonda sodir etilgan. Ular orqali jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan moddiy zarar 2 trillion so‘mdan oshgan.
Taqdimotda ta’kidlanganidek, shunday turdagi jinoyatlar uchun jazo choralarini og‘irlashtirish vaqti keldi. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar hamda ko‘plab fuqarolarga jabr keltirayotgan «moliyaviy piramida» uchun jazo choralarini kuchaytirish maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.
2025 yilda 37 nafar hokim yordamchisi korrupsiyada ayblanib qamaldi
2025 yilda sudlar tomonidan 153 ta jinoyat ishi bo‘yicha 252 nafar hokim yordamchisi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Ularga quyidagi jazolar tayinlangan:
- 37 nafariga ozodlikdan mahrum qilish;
- 38 nafariga ozodlikni cheklash;
- 160 nafariga axloq tuzatish ishlari;
- 12 nafariga jarima;
- 5 nafariga boshqa jazo choralari.
Avvalroq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mahalliy hokimliklar darajasida korrupsion jinoyatlarning 80-90 foizdan ko‘pi hokim yordamchilari bilan bog‘liq ekani haqida ma’lum qilgandi.
Prezident ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘pligini aytdi
Shavkat Mirziyoyev aholi ichki ishlar xodimlari tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘pol muomaladan norozi ekanini aytdi. U bu haqda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish bo‘yicha juma kuni o‘tkazgan yig‘ilishida gapirdi.
2025 yili ichki ishlar vakolatidagi masalalar bo‘yicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ayniqsa, ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘p. Davlat rahbari tizim mas’ullari aholining muammolarini eshitishi, profilaktika inspektori va tergovchilar kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitilishi shartligini ta’kidladi.
Muammo ijtimoiy tarmoqda tarqalganidan keyingina hal etilgan – prezident murojaatlar bilan ishlashdagi holat haqida
Shavkat Mirziyoyev 13 mart kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ayrim hokimlar sayyor qabullarni «nomiga» o‘tkazayotganini tanqid qildi.
Davlat rahbari bundan keyin «Har bir inson va xonadon muammosini bilib, vaqtida ko‘mak berishim kerak» degan shior har bir tuman, shahar, viloyat hokimi, vazir, uning hududiy tashkilot rahbarlarining bosh qoidasi bo‘lishi zarurligini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro, Karmana, Uchquduq, Sardoba, Xovos, Bo‘stonliq tumanlari, Angren, G‘ozg‘on shahar hokimlari mahalladagi 4-5 nafar odam bilan «nomiga» gaplashib, sayyor qabul o‘tkazdim deb yurganini tanqid qildi.
Mavzuga oid
21:50 / 12.03.2026
Toshkentda o‘pirilgan yo‘l o‘tkazgich va yo‘l bezorilariga qarshi reydlar – mahalliy dayjest
20:51 / 11.03.2026
Umra safarlarining tiklanishi va «Tashabbusli budjet»dagi g‘irromlik – mahalliy dayjest
22:23 / 10.03.2026
5 kishini o‘ldirgan avariya va fosh etilgan jinoiy guruhlar – mahalliy dayjest
20:20 / 05.03.2026