Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritiladi
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasidan debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini o‘tkazib yuborish hamda korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag‘lar bo‘lgan holda to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzish uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik masalasi chiqarib tashlanmoqda.
Shuningdek, fuqarolik-huquqiy munosabatlar buzilishi oqibatida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-1-moddasida shartnoma intizomini buzganlik uchun ma’muriy ta’sir chorasi ham chiqarib tashlanmoqda.
Yuqoridagi o‘zgartishlardan kelib chiqib, kodeksning 245-1, 245-7 hamda 271-moddalariga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bildirilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida shartnomaviy-huquqiy munosabatlar sub’yektlarining bitta harakat uchun ikki marta javobgarlikka, ya’ni ham fuqarolik-huquqiy, ham ma’muriy javobgarlikka tortilishi oldi olinadi.
Mavzuga oid
11:32 / 20.04.2026
Voyaga yetmaganlar xavfsizligiga doir yangi huquqiy normalar joriy etildi
09:02 / 28.03.2026
Chiqindilarni noqonuniy olib ketish uchun javobgarlik belgilandi
10:53 / 12.03.2026
Elektr va gazga noqonuniy ulanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
09:30 / 04.03.2026