Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda femitsid va stalking uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin
O‘zbekistonda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida femitsid, stalking va kiberzo‘ravonlik kabi jinoyatlar uchun qonunchilikda javobgarlik belgilash taklif etilishi mumkin.
Foto: Shutterstock
2026 yil 3 mart kuni qabul qilingan “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga muvofiq, barcha ko‘rinishdagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlaridan himoya qilish tizimini takomillashtirish yuzasidan uch oy muddatda asoslantirilgan takliflar ishlab chiqiladi.
Hujjatga ko‘ra, Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) bilan birgalikda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganadi.
Shu asosda qonunchilikda xotin-qizlarni jinsi sababli qasddan o‘ldirish (femitsid), oila a’zolarini qasddan o‘ldirish (familitsid), shaxsni uning erkiga qarshi ravishda noqonuniy ta’qib qilish (stalking), internet yoki ijtimoiy tarmoqlarda sodir etiladigan zo‘ravonlik (kiberzo‘ravonlik), shuningdek, voyaga yetmagan shaxslardan jinsiy foydalanish va internet orqali ularning ishonchini qozonish (onlayn gruming) uchun javobgarlik belgilash masalasi ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, farmonga muvofiq, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Adliya vazirligi zo‘ravonlik holatlarini sodir etgan shaxslar (agressorlar) bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Bu jarayonda oila va xotin-qizlar maskanlari imkoniyatlaridan keng foydalanish hamda profilaktika choralarini kuchaytirish nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
08:09 / 04.12.2025
Qurilishda zilzilabardoshlik talablari buzilsa, javobgarlik oshiriladi
19:11 / 26.11.2025
Dunyoda har 10 daqiqada bir ayol yoki qiz oila a’zosining qo‘lidan halok bo‘lmoqda – BMT
13:46 / 14.10.2025
Retsept bilan beriladigan dorilarning noqonuniy aylanmasi uchun javobgarlik kuchaytiriladi
13:31 / 14.10.2025